Jamiyat | 19:13 / 21.10.2017
11158
1 daqiqa o‘qiladi

Shumanayda “Agrobank” filiali rahbari jinoiy javobgarlikka tortildi

Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumanidagi “Agrobank” tuman filiali rahbari A.B. o‘z xizmat lavozimidan foydalanib “Taza bazar” OFYda istiqomat qiluvchi fuqaro U.N.ga tegishli bo‘lgan plastik kartasidagi 5 million so‘m pulni aldov yo‘li bilan o‘zlashtirib, o‘z maqsadi yo‘lida ishlatib yuborgan, deya xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston xabar agentligi.

Bu holat bo‘yicha A.B. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-bo‘limi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, yetkazilgan moddiy zarur jabrlanuvchiga to‘liq qaytarib berildi. 

Mavzuga oid