Jahon | 21:32 / 22.10.2017
13462
1 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili Ukraina milliy gvardiyasi va xavfsizlik xizmatini yo‘qotishga chaqirdi

Foto: vistanews.ru

Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina milliy gvardiyasi va xavfsizlik xizmatini yo‘qotishga chaqirdi.

"Bu Milliy gvardiya emas, o‘z xalqini bosh olibsotardan himoya qilish uchun yaratilgan olibsotar gvardiya", deb aytgan Saakashvili Rada binosi yonidagi namoyishda.  

Uning fikricha, bu xizmatlarning ehtiyojlariga armiyanikidan ko‘proq mablag‘ sarflanadi, vaholanki bu pullar fuqarolarga tegishi mumkin edi. 

Saakashvili "xavfsizlik xizmati o‘rniga samarali kontrrazvedka xizmatini qoldirish, bu tekinxo‘rlarni esa haydash lozimligini" aytgan. 

Mavzuga oid