O‘zbekiston | 19:34 / 23.10.2017
7141
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vaziri AQSh elchisini qabul qildi

23 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. TIV saytida shu haqida ma'lum qilindi

Suhbat davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sentabr oyidagi Nyu-York shahriga tashrifi va AQSh ishbilarmonlari bilan uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada AQShning nufuzli delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid