O‘zbekiston | 22:40 / 23.10.2017
33849
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda buyrak va jigar bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazishga ruxsat berildi 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar bo‘lagini transplantatsiya qilish tartibi haqida Vaqtincha nizom tasdiqlandi.

Transplantatsiya qilish retsipiyentga o‘zining jabrlangan va hayot uchun muhim faoliyatini bajarolmasdan, uning sog‘lig‘iga qaytarib bo‘lmaydigan asoratlarga olib kelayotgan buyrak va (yoki) jigar bo‘lagi o‘rniga tirik yaqin qarindoshlari orasidan sog‘lom buyrak va (yoki) jigar bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazish maqsadida bajariladigan operativ amaliyotdir.

Nizomda aytilishicha, donor va retsipiyent orasidagi yaqin qarindoshlik aloqalarini isbotlovchi hujjatlarga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, shuningdek, qarindoshlik rishtalarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar kiradi. Hujjatlarni haqiqiyligini tasdiqlovchi isbotlar haqidagi majburiyatlar donor va retsipiyent zimmasiga yuklanadi.

Transplantatsiya faqat quyidagi davlat tibbiyot tashkilotlarida amalga oshiriladi:

Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy jarrohlik tibbiyot markazi;

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi;

Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi;

Eslatib o‘tamiz, mazkur nizom "Inson organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish haqida“gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining kuchga kirish kunigacha amal qiladi.

Mavzuga oid