Uydagi “dorixona”
Bilamizki, dori-darmon vositalarini duch kelgan joyda sotish bilan shug‘ullanish inson salomatligi bilan o‘ynashishdan boshqa narsa emas. Amaldagi qonunlarda dori-darmon vositalari bilan savdo qilishning belgilangan tartib-qoidalari borki, bu qoidalarni buzishga hech kimning haqi yo‘q.
Afsuski, tadbirkorlik niqobi ostida noqonuniy ravishda “dorixona”lar tashkil etib, aholi salomatligini xavf ostiga qo‘yayotgan ba'zi kimsalar ham uchrab turibdi.
“Huquq” gazetasining yozishicha, SVOJJDLQK departamentining Kasbi tumani bo‘limi, tuman DSI va tuman IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro F.Fayzullayeva (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) uyida tegishli hujjatlarsiz dorixona tashkil etganligi ma'lum bo‘ldi. Shu kuni uning xonadonidan 239 turdagi, jami 3 mln. 282 ming so‘mlik dori-darmon vositalari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi. Viloyat dori-darmon aksiyadorlik jamiyatining xulosasiga ko‘ra, ushbu dori-darmon vositalari yaroqsiz, deb topilib, huquqbuzarga nisbatan ma'muriy bayonnoma tuzildi va jazo muqarrarligi ta'minlandi.
Mavzuga oid
22:51 / 26.12.2024
Qimmat sotilayotgan dorilar: referent narxlarga yoppasiga amal qilinmayapti
20:33 / 25.11.2024
Qimmat sotilgan dorilarning puli xaridorlarga qanday qaytarilyapti?
07:08 / 30.08.2024
Yuzlab dorixonalarda dorilar narxi asossiz oshirib sotilgani aniqlandi
19:12 / 04.07.2024