O‘zbekiston | 16:10 / 25.10.2017
13124
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondan Rossiyaga charter reys orqali 40 tonna yeryong‘oq yetkazildi

Foto: Uzagro

Avval xabar berganimizdek, 11 oktabr kuni «Uzagro» brendi ostidagi aviamahsulotlarning birinchi partiyasi «O‘zagroeksport»ning Moskva shahridagi savdo uyi manziliga jo‘natilgan edi. O‘n turdan ortiq sarxil va quritilgan mevalar, shuningdek 40 tonna uzum charter reys orqali Rossiyaga yetkazildi. 

22 oktabr kuni esa xolding kompaniyasi tomonidan belgilangan reja asosida 40 tonna yeryong‘oq samolyotga yuklanib, Rossiyaga jo‘natildi.   

Meva-sabzavot mahsulotlarini aviatransport orqali tashish Rossiya bozoridagi xaridorlarga yuqori sifatli sarxil, ekologik toza mahsulotni sotib olish imkonini beradi. Shuningdek, o‘zbek meva sabzavotlariga talab borgan sari oshib borayotganligini alohida qayd etish lozim.

Foto: Uzagro

Mahsulotlar Rossiyaning eng yirik X5, Magnit, Xolidey, Mariya-Ra kabi savdo tarmoqlariga yetkaziladi. 

Foto: Uzagro

«O‘zbekoziqovqatxolding» XK vakillarining ma'lum qilishicha, «sarxil meva-sabzavot reyslari» har hafta doimiy ravishda amalga oshirib boriladi.

Mavzuga oid