Foto: O‘zbekiston hududidan Alvarez-dinozavri suyak qoldiqlari topildi
25 oktabr kuni PLOS ONE ilmiy jurnalida chop etilgan maqolada aytilishicha, O‘zbekiston hududidan topilgan Alvarez-dinozavr suyaklari tirik jonzotlarni kelib chiqish tarixini qaytadan o‘rganishda asosiy manba bo‘lishi mumkin.
AQShning Smitson instituti tadqiqotchisi Hans-Diter Sues va Rossiya FAA Zoologiya instituti ilmiy xodimi Aleksandr Averianov tomonidan o‘rganilgan dinozavr suyaklari haqiqatan Alvarezaoridlarga tegishli ekani isbotlandi.
Tadqiqotchilarning aytishicha, Alvarez-dinozavrlari tabiatan kam uchraydigan, o‘rta jismli, old qo‘llari kalta jonzot bo‘lgan. Uning suyak qoldiqlari O‘zbekistondan topilishi kelgusida kamyob dinozavr turining Osiyoda keng tarqalgan bo‘lishi mumkinligiga ishora qiladi.
Mutaxassislar suyak qoldiqlari O‘zbekistonning Qizilqum cho‘llarida joylashgan eski tog‘ darasidan topilganini aytishmoqda.
Mavzuga oid
20:47 / 03.10.2024
Olimlar Yerda dinozavrlarning qirilishiga olib kelgan asteroid yolg‘iz bo‘lmaganini aniqladi
10:44 / 10.05.2024
Markaziy Qizilqum tabiat bog‘ida ilk bor saqoqushlar galasi qayd etildi
08:15 / 25.04.2024
Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? Fanlar akademiyasi izoh berdi
13:20 / 16.04.2024