O‘zbekiston | 15:10 / 26.10.2017
11993
2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev Turkiya parlamentiga tashrif buyurdi

Foto: Anadolu

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Buyuk millat majlisi Turkiya Respublikasining oliy qonun chiqaruvchi organi. Unga 1920 yil 23 aprelda asos solingan. 

2015 yilda o‘tkazilgan parlament saylovi natijalariga ko‘ra Majlisda 4 partiya o‘z fraksiyasiga ega. Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Ismoil Qahramon uning spikeridir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi spikeri Ismoil Qahramon bilan uchrashdi. 

25 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan oliy darajada muzokaralarda parlamentlararo hamkorlikni tashriflar almashinuvi va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish orqali qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etilgan edi. Muloqotda mazkur yo‘nalishdagi aloqalarni mustahkamlash masalalariga e'tibor qaratildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. 

Prezident Buyuk millat majlisi binosi va faoliyati bilan tanishdi. 

Shavkat Mirziyoyev 2016 yili Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinishda halok bo‘lgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

Shundan so‘ng prezident Istanbul shahriga jo‘nab ketdi. 

Mavzuga oid