Misr sobiq prezidentining o‘g‘li uch yilga qamaldi
Misr sudi payshanba kuni sobiq prezident Muhammad Mursiyning o‘g‘li Usama Muhammadni qurol saqlashda aybdor deb topib, uch yillik qamoq jazosiga mahkum etdi. Bu haqda “Masravi” yangiliklar portali xabar bermoqda.
Mursiyning o‘g‘li o‘tgan yilning dekabrida politsiya tomonidan qo‘lga olingandi. O‘shanda unga 2013 yilda radikal kayfiyatdagi shaxslarni hokimiyatdan chetlatish kunlarida zo‘ravonlikka undash bo‘yicha ayblov qo‘yilishi mumkinligi xabar berilgan.
2013 yilning iyulida Misr armiyasi xalq noroziligi fonida prezident Mursiyni hokimiyat tepasidan chetlatdi va o‘tish davri haqida e'lon qildi. Mursiy tarafdorlari uni davlat rahbari lavozimiga qaytarish bo‘yicha ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazishgan. Namoyishlardan so‘ng yuz bergan tartibsizliklar hamda to‘qnashuvlar oqibatida yuzlab misrliklar halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
12:40 / 16.09.2024
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
23:44 / 09.09.2024
Misrlik arxeolog Germaniyadan Nefertiti byustini qaytarishni talab qilmoqda
17:58 / 07.09.2024
Turkiya va Misrning yarashuvi: ular nega arazlashgan edi?
17:00 / 06.09.2024