Jahon | 12:50 / 27.10.2017
10650
1 daqiqa o‘qiladi

Eyfel minorasida golf o‘ynash imkoni paydo bo‘ldi

Foto: Twitter/LaTourEiffel

Parij timsoli bo‘lgan Eyfel minorasiga tashrif buyuruvchilarda golf o‘ynash imkoni paydo bo‘ldi. BFM telekanalining xabar berishicha, mini-maydoncha 57 metrlik balandlikda joylashgan.

Takrorlanmas loyiha Fransiya golf federatsiyasi bilan birgalikda, sportning bu turidagi eng muhim voqea – Yevropa va AQSh jamoalari o‘rtasida Rayder kubogi uchun bahsdan avval amalga oshirildi. Bellashuvlar kelasi yilning 25-30 sentabr kunlari Parijdagi Le Golf National majmuasida bo‘lib o‘tadi. 

Foto: Twitter/LaTourEiffel

Oltita chuqurchaga ega mitti sport maydonchasini Parijdagi eng mashhur joylar – Luvrdagi shishali piramida-kirish, Notr-Dam ibodatxonasi, Eyfel minorasining o‘zi, Garne operasi, G‘alaba arkasi va Monmartrdagi mashhur Sakre-Kyor bazilikasi maketlari bezab turadi. Bu yerda golfni 5-noyabrgacha o‘ynab ko‘rish mumkin.

Foto: Twitter/LaTourEiffel
Foto: Twitter/LaTourEiffel

Mavzuga oid