Kontrastlar mamlakati. 100 yil oldin AQShda hayot qanday bo‘lgan?
AQSh endigina jahon arenasiga chiqqan chog‘lar, Nyu-York esa hali jahon moliya markaziga aylanishga ulgurmagan zamonlar xususidagi fotogalereya 1977 yilning 15 sentabr kuni Amerikaning Forbes jurnalida chop etilgan edi.
AQSh markaziy barqudrat davlatlarga qarshi Antanta kuchlariga qo‘shilganida Yevropadagi urush uch yildan beri davom etardi. Uoll-stritda jonli kayfiyat hukmron edi. Gung kino yulduzlari, aytaylik, Ozodlik obligatsiyalarni xarid qilishga jalb qilayotgan Duglas to‘ng‘ich-Ferbenks oddiy narsaga aylanib ulgurgan edi. Fond birjalarida aksiyalar savdosi qizg‘in edi. Xorijiy kapitallar iqtisodiyot nuqtai nazaridan birmuncha xavfsiz bo‘lgan Nyu-York tomon oqib kelayotgan edi va tez orada shahar jahon moliya markazi maqomini Londondan tortib oladi.
Nyu-York fond birjasida joy sotib olish uchun brokerlik kompaniyasi 77 ming dollar to‘lashi kerak edi. Nyu-York fond birjasidagi aksiyalar hajmi, shanba kuni ertalabgi savdolar ham hisobga olinsa, o‘rtacha 644.765 donani tashkil etardi. U.S. Steel kompaniyasi aksiyalari boshqalarnikidan faolroq sotilardi. Undan tashqari, Chesapeake & Ohio temiryo‘l kompaniyasi aksiyalari, shuningdek, Central Leather tadqiqot instituti aksiyalari katta talabga ega edi.
Mehnat bozori
Mamlakat aholisi 103 million kishini tashkil etardi. Ularning taxminan yarmi fermalar va kichkiroq shaharchalarda istiqomat qilishardi. AQShning qishloq aholisi alohida bir qadriyat hisoblanib, unga qariyalar rioya qilar, yoshlar esa shu ruhda tarbiyalanardi. Yirik shaharlar esa asosan mamlakat sharqida joylagan edi. Genri Fordning kompaniyasi «Jyez Lizzi» deb laqablangan «Model T»ni ommaviy ishlab chiqara boshlaganiga to‘qqiz yil bo‘lgandi — 350 dollar turuvchi avtomobil qishloq va shahar aholisi o‘rtasidagi to‘siqning olib tashlanishida o‘ta muhim rol o‘ynagan. 1917 yilda yarim millionga yaqin shunday avtomobillar konveyerdan chiqarilgan.
1917 yil Nyu-York aholisi 5 million kishidan iborat edi, shahar byudjyeti esa 211 million dollarga teng bo‘lgan. Garchi Birinchi jahon urushi tufayli immigrantlar oqimi keskin qisqargan bo‘lsa-da, Nyu-York o‘shanda ham hozirgidek yorqin kontrastlar shahri edi — Riversayd-drayvdagi hashamatli uylardan tortib, Rivington-stritdagi kulbalarga qadar. Shahar aholisining turmush darajasi bir-biridan keskin farqlanar edi. Nyu-Yorkning janubiy tumanlarida ko‘pchilik pellagra deb ataluvchi darddan azob chekishardi. Lekin shaharning boylar yashaydigan qismida bu holatga duch kelinmasdi. Baxt ketidan quvib, o‘rta sinf vakillari o‘z oldlariga maqsadlar qo‘yishar va o‘z qonun-qoidalarini o‘rnatishardi.
Beshinchi avenyu manzarasi.
Detroytdagi Genri Ford zavodida
XIX asr so‘ngida muz savdosi sanoati o‘z cho‘qqisini zabt etgan. Muz yordamida baliqchilar o‘z ovlarini saqlashar, go‘sht ishlab chiqaruvchilar go‘sht mahsulotlarini boshqa shtatlargacha yetkaza olishardi. Muz oilaviy byudjyetning muhim bo‘lagi edi. Nyu-Yorkda uni uyga yetkazib berish sharti bilan 2,5 dollarga sotishardi. Suratda: muz yetkazib beruvchi, Kaliforniya, 1917 yil.
1917 yilga kelib AQShda avtomobillar soni 4 millionga yetganiga qaramasdan, mamlakatdagi yo‘llarning hammasi ham talabga javob bermas edi. Suratda: Yuta shtatidagi Solt-Leyk-Siti shahrining bosh ko‘chalaridan biri.
Ayollar Detroytdagi aviasozlik zavodida ishlashmoqda, 1917 yil.
Qarz obligatsiyalari Birinchi jahon urushi yillarida harbiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun sotilar edi. Suratda: Nyu-Yorkdagi Beshinchi avenyuda joylashgan Ommaviy kutubxona oldida Ozodlik qarz obligatsiyalari savdosi.
AQShdagi jamiki ishchi kuchining uchdan birini tashkil etuvchi o‘n million kishi fermalarda ishlashardi. O‘rtacha maosh oyiga 40 dollarni tashkil etgan.
Kichikroq oziq-ovqat do‘konlari ishchilari tarmoqli do‘konlar tomonidan raqobatni his qilishmoqda. 1917 yilga kelib Great Atlantic and Pacific Tea Company kompaniyasi mamlakat bo‘ylab 4 mingdan ziyod do‘kon ochgan, garchi 1912 yilda tarmoqqa bor-yo‘g‘i 480 ta do‘kon kirar edi. Suratda: Great Atlantic and Pacific Tea Company do‘konlaridan biri.
Suratda: ikki navjuvon qiz uydagi oshxonada idish-tovoq yuvishmoqda.
Xizmatlar sektori ishlayotgan ayollar sonining o‘sishidan ham, o‘zgarib borayotgan modadan ham foyda chiqarib ola boshladi. Kalta sochlar urfga kirdi, sartaroshlar qaychi bilan muomala qilishni o‘rganishga majbur bo‘la boshlashdi.
Amerikacha qadriyatlar tizimida ta'limga katta o‘rin ajratilar edi. Suratda: sinfdagi darslarda tekstil turlarini o‘rganishmoqda. Boston, 1917 yil.
Amerikaliklarning hordiq chiqarish turli tuman ko‘rinish ola boshladi. 1917 yilda raqs klublarining har yilgi yig‘ilishida jaz chinakam furor keltirib chiqardi.
Yo‘lovchilar 100 ot kuchi quvvatiga ega Indiana Service Corporation tramvayida qulayliklar bilan o‘z manzillariga yetib olishmoqda.
Birinchi jahon urushidan so‘ng ijtimoiy o‘zgarishlar to‘lqini yuzaga keldi. Ular albatta, biznesda o‘z aksini topdi. Suratda tasvirlangan, sigaret chekayotgan ayollar eski davrda axloq udumlarni buzayotgan bo‘lishardi. Lekin hammasi o‘zgardi. Urush vaqtlarida juda ham ommalashgan sigaretlarning o‘zi tamaki sanoatida eng mashhur mahsulotga aylanib ketdi.
Jon Pirpont kenja-Morgan, AQShning eng nufuzli bankiri.
1914 yildan boshlab Genri Fordning yig‘ish konveyeri ishchilariga kuniga 5 dollardan to‘lay boshlashadi, 1917 yilda bunday oylikni juda ko‘pchilik katta maosh hisoblashgan. Yangi Angliyada tekstil fabrikalari ishchilari soatiga 12 sent olishgan, Pensilvaniyadagi bitum dalalarida ko‘mirchi shaxtyorlarning ish haqi — 48 sent. Minimal ish haqi to‘g‘risidagi qonun hali federal darajada qabul qilinmagan edi, xavfsizlik texnikasiga esa umuman amal qilinmasdi. 1917 yilda AQShning 42 million aholisi ish kuchi hisoblanardi. Faqatgina shu yilning o‘zida AQShdagi zavod va fabrikalarda turli tan jarohatlariga sabab bo‘lgan milliondan ortiq baxtsiz hodisa ro‘y bergan, ish joylarida o‘lganlar soni 25 ming kishidan ortiq bo‘lgan.
Bir necha million ayol ham ishchi kuchi hisoblanardi. 1,7 mln. ayol idora xizmatchilari va mashinistka bo‘lib ishlagan va yiliga 1400 dollargacha maosh olgan. Kir yuvuvchi oyiga 32 dollar ishlagan.
Mamlakatning jahondagi o‘rni
AQSh shahdam qadamlar bilan jahon arenasiga chiqib keldi. Xorijiy kuzatuvchilar bu mamlakatga ikkilanib nazar tashlashar, AQShning o‘zida ham mamlakatning bunday qadamlarini tanqid ostiga oluvchilar bo‘ldi. Ko‘pchilik Amerikaning iqtisodiy kuchi, xususan moddiy farovonlik va katta samaradorlikdan hayratga tushayotgan edi. Biroq ko‘pincha bu hayrat mensimaslik va takabburlik bilan yo‘g‘rilgan edi. «Oddiy» mahsulotlar va turli xizmatlarning serobligi go‘yoki shubhali qadriyatlarni paydo qilardi. Amerikaliklarni materializmda ayblay boshlashdi. Lekin AQShda oddiy fuqarolar tovarlar va xizmatlarning ulkan rang-barangligidan bahra olishmoqda edi. Yoki farzandlarimiz aniq farovonlikda yashashashdi, deya umid qilishayotgandi.
Antanta mamlakatlariga solishtirilsa, AQSh kuchlari Birinchi jahon urushida u qadar talofat ko‘rgan emas: 117 ming kishi qurbon bo‘lgan, 204 mingdan ziyodi yarador. Urush baribir bir qator ijtimoiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Millionga yaqin amerikaliklar 1917 yilda urushga jo‘nab ketishga tayyor edi. Mehnat bozori tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Yigitlar Parijni tomosha qilishgach, ularni fermalarda ushlab bo‘lmay qoldi. Oradan biroz vaqt o‘tib, ayollar ham maosh ola boshlagach, ularni ham uyda ushlab o‘tirishdan ma'ni qolmadi.
Shiddatli yigimanchi yillar
Amerika jamiyatining hammasi ham g‘alayon bilan chulg‘ab olinmagan edi. Jon Pirpont kenja-Morgan hanuz AQShning eng nufuzli bankiri bo‘lib turgan edi. Urushgacha bo‘lgan kunlarning birida u prezident Teodor Ruzveltga shunday degan: «O‘z odamingizni jo‘nating, men o‘zimnikini jo‘nataman, ular hamma narsani hal qilishadi». Bankirlar endi federal hokimiyat bilan bu tarzda gaplasha olishmasdi. Urushga qo‘shilgunga qadar federal hokimiyat biznesda juda kam rol o‘ynardi. Masalan, 1916 yilda federal byudjyet miqdori 736 million dollardangina iborat edi. AQSh Birinchi jahon urushiga qo‘shilgach, hukumat inflyatsiyadan cho‘chiy boshladi. Urushdan keyingi iqtisodiy tanazzul esa 1921 yilgi iqtisodiy retsessiyaga sabab bo‘ldi. Keyingi shiddatli yigirmanchi yillarni romantiklashtirib, eng baxtli davrlar sifatida qabul qilishgan, aslida ko‘pchilik uchun u juda og‘ir kechgan. Boz ustiga «Quruq qonun»ning qabul qilinishi jinoyat olamining ildiz otishiga olib keldi. Aynan shuning uchun biroz vaqt o‘tgach federal hokimiyat AQShda muhim rol o‘ynay boshlaydi.
Amerikaliklarning hordiq chiqarishi
Maishiy mahsulotlar savdosidan daromad olayotganlar uni odatdagi, kundalik ish hisoblamasdi. Maishiy mahsulotlarning savdosi faollasha boshlaganiga bosh sabablardan biri ishlayotgan ayollarning soni ortib borayotgani bilan bog‘liq edi.
Xizmatlar sektori ishlayotgan ayollar sonining o‘sishidan ham, o‘zgarib borayotgan modadan ham foyda chiqarib ola boshladi. Kalta sochlar urfga kirdi, sartaroshlar qaychi bilan muomala qilishni o‘rganishga majbur bo‘la boshlashdi.
Amerikaliklarning hordiq chiqarishi rang-baranglasha boshladi. Mashinada sayohat qilish ko‘pchilik amerikaliklar uchun o‘ziga xos sarguzasht kasb eta boshladi. 1917 yilda raqs klublarining har yilgi yig‘ilishida jaz chinakam furor keltirib chiqardi. Ko‘pchilik golf o‘ynay boshladi.
Mavzuga oid
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024