Jamiyat | 19:50 / 30.10.2017
9654
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik bola notanish ayolga 75 dollar evaziga «onalik» rolini taklif qildi

Foto:shanghaiist.com

Xitoylik bola notanish ayolga ota-onalar majlisida onasining rolini o‘ynab turishi uchun 500 yuan (75 dollar) taklif qildi. Shanhaiist.com portali shu haqida xabar berdi

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u foydalanuvchilari birga vaqt o‘tkazganlik, masalan, birga kino ko‘rish uchun to‘lov kiritishga tayyor ilova orqali maktab o‘quvchisining e'lonini o‘qib qolgan.

U bilan yozishuv davomida bola uning otasi doim safarda ekani, o‘qituvchisi esa ota-onalar majlisiga hech kim kelmayotganidan g‘azabda ekanini tushuntirgan. Aynan shu bois unga ikki soatga maktabga kelib, "ona" rolini o‘ynaydigan ayol kerak bo‘lgan.

Ayol oxir-oqibat bu taklifni qabul qildimi yoki yo‘q - aniqlik kiritmagan.

Mavzuga oid