Jahon | 23:17 / 30.10.2017
34622
1 daqiqa o‘qiladi

NASA koinotdan olingan "etni jimirlatuvchi ovozlar" audioyozuvini taqdim qildi

Foto: ESA/Hubble & NASA

AQShning NASA koinot agentligi g‘arb davlatlarida nishonlanadigan Xellouin bayrami arafasida koinotdan olingan "etni jimirlatuvchi ovozlar"dan iborat pleylistni taqdim qildi.

Koinot agentligi vakillarining fikricha, "uvillovchi sayyoralar" va "hushtak chaluvchi" geliy "shubhasiz, etingizni jimirlashga majbur qiladi".

Pleylist radionurlanishni qayd qila oluvchi koinot zondlari va boshqa qurilmalardan olingan ma'lumotlarni tovush to‘lqinlariga aylantirish orqali tuzilgan. Unga 22 trek, jumladan Yupiter va Saturn sayyoralari "chiqaradigan" shovqinlar ham kiritilgan.

 

Mavzuga oid