Jahon | 18:13 / 31.10.2017
18902
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Kataloniya mustaqilligini bekor qildi

Foto: AFP

Ispaniya konstitutsiyaviy sudi Kataloniya parlamentining mintaqa mustaqilligini e'lon qilish bo‘yicha deklaratsiyasini bekor qildi. Bu haqda seshanba, 31 oktabr kuni sud rasmiy vakili ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda Reuters.

Kataloniya parlamenti Ispaniyadan mustaqil bo‘lishi haqida 27 oktabr kuni e'lon qildi. Qaror yashirin ovoz berish yo‘li bilan qabul qilindi. Jarayon boshlanishidan avval mintaqaning ajralib chiqishiga qarshi bo‘layotgan muxolif partiyalar deputatlari zalni tark etishgan.

Ispaniya hukumati esa Barselona qaroriga javoban Kataloniya parlamentini tarqatib yubordi. Muddatdan avvalgi saylovlar 21 dekabrga belgilandi.

Mavzuga oid