Prezident uchun avto: "Kortej" sedanining sinovlari videosi tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasining birinchi shaxslari vakillariga mo‘ljallangan "Kortej" avtomobillariga mansub sedan sinovlari videosi paydo bo‘ldi. Rolik YouTube'ning AutoreviewRu kanalida taqdim etildi.
Kadrlarda avto Dmitrov ostidagi "NAMI" avtomobil va avtomotor markaziy ilmiy-tadqiqot instituti poligonida harakatlanayotganini ko‘rish mumkin. Rolik mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, sedan 650 ot kuchiga ega sakkiz silindrli dvigatel bilan ta'minlangan. "Sinovlarning bu bosqichi quvvat manbaining rivojlantirishga yo‘naltirilgan", - deya ta'kidlashmoqda ular.
Bundan avval "Kortej" loyihasi sedani Shvetsiyada qishki sinovlar paytida ko‘zga tashlangandi. O‘shanda ekspertlar avtoning xorijiy avto modellariga o‘xshashini qayd etishgandi.
"Kortej" loyihasi 2014 yilning 6 fevralidan Rossiya hukumati ko‘rsatmasiga muvofiq amalga oshirilmoqda va yagona modul platformasi (YaMP)da davlatning birinchi raqamli shaxslari uchun avtomobillar oilasini (limuzin, sedan, yo‘ltanlamas va miniven) yaratishni ko‘zda tutmoqda.
Mavzuga oid
15:50
Greenpeace: RF YeIga sanksiyalarni chetlab o‘tib dengiz orqali neft yetkazyapti
15:10
Nemis OAV Boltiq dengizida Rossiyaning josusligi haqida ma’lumot berdi
08:40
Zelenskiy BMTda: Rossiyani tinchlikka faqat majburlash mumkin
22:57 / 24.09.2024