Stomatologiya institutida fakultetlar soni oshdi
Prezidentning 30.10.2017 yildagi PF–5216-son «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi farmoni e'lon qilindi.
Norma.uz’ning yozishicha, hujjat bilan Toshkent davlat stomatologiya instituti tashkiliy tuzilmasining yangi tahriri tasdiqlandi. Endi unda 5 ta fakultet ko‘zda tutilgan:
• Stomatologiya fakulteti;
• Bolalar stomatologiyasi fakulteti;
• Tibbiy-pedagogika fakulteti;
• Davolash fakulteti;
• Malaka oshirish fakulteti.
Eslatib o‘tamiz, muqaddam 3 ta fakultet faoliyat ko‘rsatar edi: stomatologik jarrohlik, stomatologik terapiya va bolalar stomatologiyasi.
Bundan tashqari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimi joriy etildi. Barcha tuzilmaviy bo‘linmalarining shtatlari soni va xodimlar kategoriyalari qonunchilik tomonidan oliy ta'lim muassasalari uchun o‘rnatilgan me'yorlar bilan aniqlanadi. Muqaddam boshqaruv xodimlari soni hamda bo‘limlar, kafedralar va boshqa xodimlar soni aniq raqamlar bilan belgilab qo‘yilgan edi.
Mavzuga oid
22:47 / 03.07.2023
Yaponiyada tishlar o‘sishini tiklaydigan dunyodagi birinchi dori yaratildi
09:24 / 06.06.2023
Toshkentda stomatologiya klinikasidan 118 mln so‘mlik tish implantlari o‘g‘irlandi
11:20 / 09.05.2023
SSV: Kolumbiya universiteti bilan yaqin hamkorlik o‘rnatildi
10:53 / 08.03.2023