Jahon | 07:30 / 01.11.2017
17237
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda yuk mashinasi bilan odamlarga hujum qilindi

Foto: twitter Office of the Deputy Commissioner Public Information

31 oktabr kunduzi Nyu-Yorkning Manxetten tumanida yuk mashinasini boshqarayotgan haydovchi velosipedlar yo‘lkasiga chiqib, bir necha ko‘cha o‘tib, yo‘lida uchraganlarni bosib ketgan va so‘ngra otishma sodir etgan. Ma'lum qilinishicha, bosqinchi peyntbol va pnevmatik to‘pponcha bilan qurollangan bo‘lgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 8 odam halok bo‘lgan va turli ma'lumotlarga ko‘ra 10 nafardan 15 nafargacha odam jarohat olgan.

Guvohlarning aytishlaricha, yuk mashinasi avval odamlarni bosib, so‘ngra maktab avtobusiga borib urilgan. Haydovchi mashinadan tushib otishma boshlagan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya bosqinchini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan.  

CBS ma'lumotlariga ko‘ra, hujum terakt sifatida tergov qilinmoqda.

Mavzuga oid