Jahon | 16:10 / 01.11.2017
79313
2 daqiqa o‘qiladi

Sayfullo Soipovning tanishlari uning tabiati haqida so‘zlab berishdi

Foto: Reuters

Nyu-Yorkda terakt sodir etishda gumonlanayotgan Soipov 2010 yilda birga yashagan oila ro‘y bergan hodisaga ishonmayapti, deb xabar qildi Cincinnati nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi Sayfullo Soipov 2010 yilda Ohayo shtati Tsintsinnati shahri yaqinida oilasining tanishlari bo‘lgan insonlarning uyida ikki hafta davomida yashagan. Oilaning so‘zlariga ko‘ra, terakt haqidagi yangiliklarni ko‘rib, ro‘y bergan holatga ishonishmagan.

"U juda vazmin inson edi. Har doim ishlardi. U kechki bazmlar yoki boshqa joylarga bormasdi. Uyga kelardi, hordiq chiqarardi hamda yana ishga jo‘nab ketardi", - deya aytib o‘tgan Dilnoza Abdusamatova. U Soipov uylarida yashaganda hali o‘smir qiz bo‘lgan.

Nashrning xabar berishicha, 2011 yilda Soipov Ohayodan bo‘lgan oila yashaydigan manzil bo‘yicha biznesni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Oilaning iddao etishicha, biznes haqida hech narsani bilishmagan va bu holatdan hayratga tushishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Soipov uydan ko‘chib ketgach u bilan gaplashishmagan.

Soipovning qo‘shnisi bo‘lgan, yo‘lning narigi betida yashagan ayol esa uni fotosuratdan tanigan hamda “u odamlarga qo‘shilishni unchalik yoqtirmagani”ni aytgan.

Mavzuga oid