Jahon | 11:40 / 02.11.2017
15556
2 daqiqa o‘qiladi

Myanma yetakchisi rohingya musulmonlari hududiga birinchi marta keldi

Foto: Reuters

Myanma TIV rahbari va mamlakat yetakchisi sifatida qabul qilinuvchi Aun San Su Chji rohingya musulmonlari tark etgan Rakxayn g‘arbiy shtati hududiga birinchi marta tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Myanma yetakchisi bortida bo‘lgan harbiy vertolyot shtat poytaxti Situe shahriga mahalliy vaqt bilan soat taxminan 9.00da (Toshkent vaqti bilan 8.00da) qo‘ngan.

Bu rohingyalar uylarining yoqib yuborilishi hamda ularga qurolli hujumlar tufayli yuzaga kelgan gumanitar inqiroz boshlanganidan so‘ng siyosatchining birinchi tashrifidir.

Aun San Su Chji vakilining xabar berishicha, u rohingyalar anklavlari joylashgan asosiy yer – Maungdo aholi punktiga ham borishni rejalashtirgan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, 600 mingdan ortiq inson u yerdan qo‘shni Bangladeshga o‘tib ketgan.

Su Chji Rakxaynga 2015 yildagi saylovlarda g‘alaba qozonganidan so‘ng umuman kelmagandi.

Mavzuga oid