Abdulla Aripov MDH doirasida to‘laqonli erkin savdo hududi tashkil etishga e'tibor qaratdi
Toshkent shahrida o‘tkazilgan MDH Hukumat rahbarlari Kengashining joriy yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov "O‘zbekiston tomoni MDHdagi faoliyatini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga intilayotgani“ni bildirib o‘tdi.
Kengaytirilgan tartibda o‘tgan majlisda nutq so‘zlagan O‘zbekiston hukumati rahbari, eng avvalo, savdo, investitsiya, transport, turizm va ta'lim, shuningdek, xavfsizlik masalalarida a'zo davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini aytgan.
Abdulla Aripov Toshkent shahridagi yig‘ilishda ishtirok etayotgan hukumat rahbarlarini MDH doirasida to‘laqonli erkin savdo hududini yaratish zarurligini, shu ma'noda masalaga e'tibor qaratish lozimligini ma'lum qildi. Bosh vazir shuning bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oshishi, yangi korxonalar barpo etilishi va ish o‘rni paydo bo‘lishiga ishonch bildirdi.
"O‘zbekiston an'anaviy tarzda Hamdo‘stlik platformasini yaxlit va samarali erkin fikr almashish maydoni sifatida ko‘radi. Shuningdek, dolzarb masalalarda yakdil qarorga kelishda foydali hisoblanadi”, deydi Abdulla Aripov.
Mavzuga oid
00:57 / 10.09.2024
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida «Agroekspress» qatnovlari bo‘yicha shartnoma imzolandi
22:17 / 09.09.2024
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida temiryo‘l qatnovi to‘liq tiklangani e’lon qilindi
18:21 / 09.09.2024
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonga ikki kunlik tashrif bilan keldi
19:49 / 17.08.2024