Apple bozor narxi 900 mlrd dollardan oshgan ilk kompaniya bo‘ldi
Apple bozor narxi 900 mlrd dollardan oshgan dunyodagi ilk kompaniyaga aylandi: 3 noyabrdagi savdolar vaqtida kompaniya aksiyalari hisobotlar evaziga qimmatlashgan.
Apple aksiyalari savdolar ochilgandan keyin 3 foizga qimmatlashgan.
Apple’ning 4-moliyaviy chorakdagi daromadi deyarli 25 foizga, ya'ni 2,07 mlrd dollargacha, tushumi esa 12 foizga, ya'ni 52,58 mlrd dollargacha oshgan. Uoll-strit tahlilchilari o‘rtacha daromad aksiyaga 1,87 dollarni tashkil qilishini prognoz qilishgandi.
iPhone savdosi ham kutilgandan yaxshiroq chiqqan va 46,6 mln donani tashkil qilgan.
Bundan tashqari, Apple bosh direktori Tim Kuk “joriy bayramoldi mavsumi kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lishini” aytgan. Apple boshqaruvchilari kompaniya yangi iPhone X’ga talabni eplay olmasligi haqidagi xavotirlarni yo‘qqa chiqarishgan.
Mavzuga oid
18:01 / 14.10.2024
Aqlli ko‘zoynak va kamerali AirPods: yaqin yillarda Apple’dan qanday mahsulotlarni kutish mumkin?
19:46 / 11.10.2024
Xitoyda iPhone ishlab chiqaruvchi zavod xodimlari hibsga olindi
19:02 / 08.10.2024
Tadqiqot: Android foydalanuvchilarining yarmi iPhone egalari tomonidan masxaraga duch kelgan
20:57 / 07.10.2024