Amazon rahbari 1 mlrd dollarlik aksiyasini sotdi
Amazon riteyleri asoschisi va rahbari Jyeff Bezoc 2017 yil noyabri boshida kompaniyaning 1 mlrd dollarlik aksiyasini sotdi. Bezos bunday katta qiymatdagi bitimni birinchi marta amalga oshirdi.
Amazon rahbari oxirgi 6 yil davomida o‘ziga tegishli aksiyalarni vaqti-vaqti bilan sotuvga chiqarib turadi. U odatda milliontaga yaqin aksiyani sotadi. Hozirda unda kompaniyaning 80 mln taga yaqin aksiyasi bor.
Bezos oxirgi marta bunday yirik bitimni 2017 yil may oyida amalga oshirgan. O‘shanda u 940,7 mln dollarlik apktsiyasini sotib yuborgan. O‘shandan beri kompaniya aksiyalari qiymati o‘sdi va Bezos amalga oshirgan navbatdagi bitim unga ko‘proq mablag‘ keltirdi.
Bezos qo‘lga kiritilgan pullarni qayerga yo‘naltirishi noma'lum. Uning Bill Geyts kabi xayriya jamg‘armalari yo‘q, deb xabar bermoqda The Verge nashri. Nashrning taxminicha, pullar tadbirkorga tegishli The Washington Post gazetasi yoki Blue Origin raketasozlik kompaniyasini moliyalashtirishga sarflanishi mumkin.
Bezos oktabr oxiridan beri eng boy odamlar ro‘yxatining birinchi pog‘onasini egallamoqda. Uning boyligi 94,6 mlrd dollarga baholanmoqda. Ikkinchi o‘ringa surilgan Bill Geytsning boyligi esa 88,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
18:42 / 20.12.2024
Amazonʼda kompaniya tarixidagi eng yirik ish tashlash boshlandi
00:11 / 20.12.2024
Amazon platformasidan yonib ketish xavfi tufayli yarim millionga yaqin «powerbank» chaqirib olinadi
19:19 / 13.12.2024
Amazon ham Trampning inauguratsiyasi uchun 1 mln dollar xayriya qiladi
23:47 / 28.11.2024