Belgiya Puchdemonning hibsga olinishiga order oldi
Belgiya federal prokuraturasi rasmiy vakili Erik Van der Siptning ma'lum qilishicha, Belgiya hukumati Kataloniya hukumatining sobiq rahbari Karles Puchdemonning hibsga olinishiga order oldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” axborot agentligi.
“Biz Puchdemonning hibsga olinishiga Yevropa orderini oldik, uni o‘rganib chiqib, sud tergovchisiga topshiramiz. Buning vaqt bo‘yicha muddati yo‘q – ehtimol bu ertaga, indinga yoki dushanba kuni yuz beradi”, deb aytgan Van der Sipt.
Ta'kidlanishicha, order tergovchiga beriladi, u ehtimol Puchdemonning ekstraditsiya qilinishi bo‘yicha qarorni qabul qilish uchun uni so‘roqqa chaqirtiradi. So‘roqdan keyin tergovchida qaror qabul qilish uchun 24 soat vaqt bo‘ladi.
Hozirda Puchdemon Belgiyada qolmoqda.
Mavzuga oid
20:30 / 24.09.2024
Argentina sudi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olishga order berdi
15:10 / 10.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyani tark etdi
11:03 / 09.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyaga qaytdi
08:45 / 22.02.2023