Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod bo‘lgan Babanov o‘zbeklarga qilgan murojaati sabab qamalishi mumkin
Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Jo‘qorg‘i Kenesh deputati Omurbek Babanov va boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
«Respublika — Ata Jurt» partiyasi yetakchisi konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirish hamda milliy, irqiy va diniy nifoqni avj oldirish bo‘yicha ommaviy bayonotlar berishda ayblanmoqda.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, gap Omurbek Babanovning O‘sh shahridagi «Amir Temur» kichik tumani aholisi bilan saylovoldi tashviqoti doirasida 28 sentabr kungi uchrashuvda qilgan chiqishi haqida ketmoqda.
«Omurbek Babanov yig‘ilganlar oldida chiqish qilib, aholining o‘zbeklar qismi ovozlarini olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. U o‘zbeklar huquqlarining cheklanishi, mamlakatdagi milliy notenglik va davlat organlari tomonidan o‘zbeklarga bosim haqida gapirgan. Shundan so‘ng ularni bu holatga faol qarshilik qilishga chaqirdi», - deya aniqlik kiritib o‘tishgan Bosh prokuraturadan.
Filologiya va siyosiy ekspertiza, ta'kidlanishicha, Babanovning bu ommaviy bayonotlarida milliy nizo qo‘zg‘ashga, odamlarni bo‘ysunmaslikka va hokimiyatni ag‘darishga qaratilgan chaqiriqlari borligini aniqladi. «Shuningdek, Davlat sud-ekspertizasi xizmatining xulosasiga binoan, elektron ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan ushbu nutqda montaj belgilari yo‘qligi aniqlandi», - deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Jinoiy ish Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 297-moddasi 1-qismi (konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga chaqiriq) va 299-moddasi 1-qismi (milliy, irqiy yoki diniy nifoqni qo‘zg‘atish) bilan nazarda tutilgan holatlar asosida qo‘zg‘atildi. Ish keyinchalik tergovni tashkil etish uchun Qirg‘iziston Respublikasi Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasiga yuborilgan.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024