Dunyodagi eng ommabop avtomobil modellari ma'lum qilindi
Britaniyaning Park Indigo firmasi dunyodagi eng ommabop avtomobillar modellari ro‘yxatini e'lon qildi. Bu haqdagi ma'lumot kompaniya saytida taqdim etilgan.
Reytingda birinchi o‘rinni 25 ta davlatda savdolar yetakchisiga aylangan Toyota Hilux pikapi egalladi. Ikkinchi pog‘onada – Yevropada katta talabga ega bo‘lgan Volkswagen Golf. Kuchli uchlikka Afrika hamda Yaqin Sharqda mashhur bo‘lgan Toyota Land Sruiser yakun yasab bergan. Shimoliy Amerikada Ford F-150 hamon yetakchilikni o‘zida saqlab turibdi.
Tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekistondagi eng ommabop mashina – Nexia’dir. Qozog‘iston va Qirg‘izistonda Toyota Camry eng xaridorgir bo‘lsa, Afg‘onistonda Toyota Corolla yetakchi. Turkmanistonda Mercedes C-Class tengsiz deb topilgan. Rossiyada esa Hyundai Solaris eng sotiluvchi model sifatida qayd etildi. Tojikiston bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
15:53 / 01.03.2024
Bir yilda 10 million avtomobil sotib rekord o‘rnatgan kompaniya – Toyota muzeyiga sayohat
21:25 / 25.02.2024
Bolalik orzusidan jahon sahnasigacha. Toyota tarixi haqida
17:58 / 01.09.2023