Jahon | 16:40 / 07.11.2017
22092
1 daqiqa o‘qiladi

Hibsga olingan shahzoda Al-Volid 2 kun ichida 1 mlrd. dollardan ayrildi

Foto: AFP/Fayez Nureldine

Saudiyalik shahzoda Al-Volid bin Talal korrupsiyada gumonlanib qo‘lga olinganidan so‘ng ikki kun ichida 1 mlrd. dollardan ayrildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Al-Volid eng badavlat kishilardan biri sanaladi, uning boyligi 17,8 mlrd. dollarga baholangan. Biroq, shahzoda korrupsiyada gumonlanib hibsga olinganidan so‘ng, uning davlati 1,3 mlrd. dollarga kamaydi.

Avvalroq Saudiya Arabistonida 11 shahzoda va 4 vazir hibsga olingani, ular qatorida dunyoning eng boy kishilaridan biri borligi xabar berilgandi.

Mavzuga oid