O‘zbekiston | 08:50 / 08.11.2017
38581
6 daqiqa o‘qiladi

Kimlar Toshkentdagi turar joyni onlayn-auksionda xarid qilishi mumkin?

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2017 yil 2 noyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish va ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3149-son qaroriga muvofiq:

1.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritildi.

2.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba'zi qarorlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi 2010 yil 5 noyabrdagi PQ-1430-son qaroriga ilovaning 2-bandi «v», «g», «d» va «ye» kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

3.  Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu Farmonga muvofiqlashtiradi.

4.  Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasining bosh prokurori I.Abdullayev zimmasiga yuklandi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartishlar 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi 2012 yil 21 fevraldagi PF-4424-son Farmoniga ilovaning 3-bandi o‘n ikkinchi — o‘n oltinchi, o‘n to‘qqizinchi — qirq birinchi va qirq uchinchi xatboshilari chiqarib tashlandi;

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2006 yil 31 avgustdagi PQ-458-son qarorida:

a) 6-bandning birinchi xatboshisidagi «ochiq auksion savdolari» so‘zlari «elektron onlayn-auksionlar» so‘zlari bilan almashtirildi;
b) 7-ilovada (Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom):
2 va 3-bandlar kuyidagi tahrirda bayon etiladi:

«2. Ijro hujjatlari bo‘yicha avtomototransport vositalarini, ko‘chmas mulkni shu jumladan, yer uchastkasini (jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqi obekti hisoblanadigan), qurilishi tugallanmagan obektni sotish faqat «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazishga vakolatli operator (keyingi o‘rinlarda — operator) tomonidan o‘tkaziladigan elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkaziladi.

Operator tomonidan avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish bo‘yicha o‘tkaziladigan elektron onlayn-auksionlarda xar qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ishtirok egishga haqli.

Elektron onlayn-auksionga Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida joylashgan turar joy ko‘chmas mulki qo‘yilgan taqdirda, unda tegishli ravishda faqat Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskada turuvchi jismoniy shaxslar bevosita yoxud vakil orqali ishtirok etishlari mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

3. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish operator tomonidan amalga oshiriladi.

Elektron onlayn-auksionni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar uchun operator shartnomada belgilangan, biroq mol-mulk sotilgan summaning bir foizidan oshmagan miqdorda haq oladi»;

4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblandi;

III bo‘lim nomidagi «auksionda sotish uchun yuborish» so‘zlari «elektron onlayn-auksionda sotish uchun yuborish, elektron onlayn-auksionni tashkil etish na o‘tkazish» so‘zlari bilan almashtirildi;

10-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«10. Avtomototransport vositasi va ko‘chmas mulkni elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish uchun yuborish, elektron onlayn-auksionni tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3149-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatilgan tartib va shartlarda amalga oshiriladi»;

11 — 14-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;
IV — VI-bo‘limlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;

39-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy boshqarmalari operator tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etilishi va o‘tkazilishi ustidan doimiy nazorat olib boradi»;

Nizomga ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2012 yil 29 dekabrdagi PQ-1900-son qaroriga 7-ilovaning 1-bandi 5-kichik bandining to‘qqizinchi — yigirma oltinchi xatboshilari chiqarib tashlandi.

Mavzuga oid