O‘z qizini xo‘rlagan otaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan
“O‘zbekiston” telekanali orqali namoyish qilinib, ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan va keng jamoatchilikning keskin fikrlariga sabab bo‘lgan voqelik yuzasidan Toshkent shahar Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan jinoiy ish ochilgan. Tuman prokuraturasi vakili bu xabarni tasdiqladi.
Tuman prokuraturasi vakilining KUN.UZ saytiga ma'lum qilishicha, ayni vaqtda, tergov ishlari olib borilmoqda, biroq tergov siri qoidasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining qaysi moddasi bo‘yicha ish ochilganiga oydinlik kiritib bo‘lmaydi. Buning uchun yuqori turuvchi prokuratura organining ruxsati talab etiladi.
Shu bilan birga, tuman ichki ishlar idoralariga jahldor otani qamoqqa olish bo‘yicha sanksiya berish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Ota 4 yoshli qizchasini yolvorishlariga qaramasdan kaltakladi. Endi u jazolanadi
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
22:39 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan – Bosh prokuratura
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
12:03 / 13.11.2024