2018 yilda sayohat uchun eng yaxshi shaharlar va davlatlar e'lon qilindi
Lonely Planet nashri ekspertlari tomonidan tuzilgan, 2018 yil uchun eng sayohatbop shaharlar o‘nligida Ispaniyaning Sevilya shahri yetakchilik qilmoqda, deb yozadi Korrespondent.net.
Birinchi o‘ringa qo‘yilgan Ispaniyaning Sevilya shahri kelgusi yil Yevropa kinoakademiyasi mukofotining taqdimot marosimini o‘tkazayotganligi tufayli eng ommabop shahar bo‘lishi kutilmoqda.
Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnida Amerikaning Detroyt shahri, uchlikni esa Avstraliyaning Kanberra shahri bormoqda.
Ro‘yxatga shuningdek Hamburg (Germaniya), Gaosyun (Tayvan), Antverpen (Belgiya), Matera (Italiya), San-Xuan (Puerto-Riko), shuningdek, Guanaxuato (Meksika) va Oslo (Norvegiya) qo‘shilgan.
Nashr tomonidan sayohat uchun tavsiya etilgan 10 mamlakat ro‘yxatida yetakchilik Chili davlatiga berilgan. Keyingi o‘rinlardan Janubiy Koreya, Portugaliya, Jibuti, Yangi Zelandiya, Malta, Gurjiston, Mavrikiy, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasi joy olgan.
Mavzuga oid
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 12.11.2024
O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik reytingida Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinni egalladi
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
21:49 / 04.11.2024