Jahon | 11:10 / 15.11.2017
17278
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: prezident Mugabe qamoqqa olingan

Foto: Getty Images

Zimbabveda harbiylar mamlakat prezidenti Robert Mugabeni qamoqqa olishgani va «davlatdagi vaziyat boshqa darajaga chiqqani» haqida ma'lum qilishdi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, davlatning ZBC telekompaniyasi «bosib olinganidan» so‘ng harbiy formadagi ikki zobit «harbiylar hokimiyatni egallab olishganini rad etgan» hamda Mugabe va uning oilasi «xavfsiz hamda ishonchli joyda ekani, ularning xavfsizligi kafolatlangani» haqida qo‘shimcha qilib o‘tgan.

«Biz faqat uning atrofidagi jinoyatchilarni ta'qib qilmoqdamiz. Ular jinoyatlar sodir etib, mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy azob-uqubatlar keltirib chiqarishmoqda. Biz ularni javobgarlikka tortish maqsadidamiz», - deya ma'lum qilgan bosh notiq, armiya shtabi boshlig‘i, general-mayor S.B.Moyo deb aytilayotgan shaxs. 

Shuningdek, Moyoning ma'lum qilishicha, «istalgan fitna harakatiga tegishli javob qaytariladi».

Zimbabveda siyosiy tanglik. Mamlakatda harbiylar isyoni boshlandi

Mavzuga oid