Sport | 09:23 / 16.11.2017
10347
2 daqiqa o‘qiladi

Peru jahon chempionatining 32-ishtirokchisiga aylandi

Foto: FIFA matbuot xizmati

Peru terma jamoasi JCh-2018 yo‘llanmasi uchun Yangi Zelandiyaga qarshi o‘yinlarda umumiy hisobda g‘alaba qozondi va 32-yo‘llanmaga ega chiqdi.

Jamoalarning Limada o‘tgan javob uchrashuvida maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Gollarga Jyefferson Farfan (27-daqiqa) va Kristian Ramos (65) mualliflik qilishdi.

O‘tgan haftada Vellingtonda o‘tkazilgan birinchi o‘yinda golsiz durang hisobi qayd etilgandi - 0:0.

Shu tariqa, peruliklar 1982 yildan buyon ilk marta jahon chempionatida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Rossiya mundiali uchun qur'a tashlash marosimi 1 dekabr kuni Moskvada o‘tkaziladi, turnir 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 8 shahridagi 11 stadionda bo‘lib o‘tishi belgilangan.

JCh-2018 saralashi
Pley-fff
Javob o‘yinlari

Peru – Yangi Zelandiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 28 Farfan, 2:0 – 65 Ramos.
Peru – Galese, Ramos, Trauko, Advinkula, Rodriges, Kueva (Sela, 86), Tapiya, Polo (Karrilo, 74), Farfan, Flores, Ruidias (Yotun, 66).
Yangi Zelandiya – Marinovich, Rid, Dyurent (Brokki, 77), Uinn, Boksell, Lyuis (Roxas, 59), Kolvi, Tuiloma (Vud, 46), Tomas, Barbaruses, Makglinchi.
Ogohlantirishlar: Tomas (19), Flores (22), Ramos (75), Galese (80).
Birinchi o‘yin – 0:0

Mavzuga oid