Jamiyat | 20:09 / 16.11.2017
76944
2 daqiqa o‘qiladi

3 opa-singil o‘limi bo‘yicha qaysi moddaga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi?

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahar prokuraturasi rasmiy vakili Bobir Dehqonov Olmazor tumanida noma'lum sabablarga ko‘ra, birin-ketin halok bo‘lgan 3 nafar opa-singillar o‘limi yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi. Bu haqda ShIIBBda tashkil etilgan matbuot brifingida ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri xabar bermoqda. 

“Olmazor tumanida halok bo‘lgan qizlar ishi yuzasidan Toshkent shahar Olmazor tumani Tansiqboyev-3 mavzesida yashab kelgan, 2010 yilda tug‘ilgan Qosimova Munisa, 2011 yilda tug‘ilgan Qosimova Muxlisa va Qosimova Mohira 2017 yil 8 noyabr kuni noma'lum moddadan zaharlanish oqibatida vafot etishgani aniqlangan. 

Mash'um fojia: Toshkentda bir oilaning uch qizi birin-ketin vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan 9 noyabrda O‘zR JKning 186-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Jumladan, qizlar yashagan xonadondan ular iste'mol qilgan dorilar, muzlatgichda saqlanayotgan boshqa mahsulotlardan namunalar olingan. Shuningdek, dori xarid qilingan dorixonadan namunalar olingan bo‘lib, ayni vaqtda sud-tibbiy hamda sud-kimyo ekspertizalari o‘tkazilmoqda. 

Bundan tashqari, ularga taom sotib olingan oshxonadagi mahsulotlardan ham tegishli namunalar olinib, ular bo‘yicha ham tegishli ekspertizalar tayinlangan. 

Shu bilan birga, qizchalar shifoxonaga olib borilganida ularga tez tibbiy yordam qanchalik to‘g‘ri ko‘rsatilganini aniqlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligiga xizmat tekshiruvi o‘tkazish tayinlangan. Ushbu ishga aloqasi bor bo‘lgani boshqa tergov harakatlari ham olib borilmoqda”,, - dedi Dehqonov matbuot brifingida.

Bosh prokuratura uch opa-singil o‘limi bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi (video)

Mavzuga oid