Jahon | 16:20 / 18.11.2017
12010
2 daqiqa o‘qiladi

«Nihoyat bu kun keldi!». Zimbabveda minglab kishilar Mugabening ag‘darilishini nishonlashmoqda

18 noyabr, shanba kuni Zimbabve poytaxti Xarare shahri ko‘chalariga minglab namoyishchilar chiqib, 37 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelgan prezident Robert Mugabening hokimiyatdan chetlatilganini nishonlashdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bir necha ming kishi respublika bayroqlarini ko‘targan holda poytaxt ko‘chalaridan marsh qilib o‘tgan. Namoyish tinch ruhda o‘tgan, kishilar raqsga tushib, qo‘shiqlar kuylashgan.

«Bu xursandchilik ko‘z yoshlari. Men bu kunni umr bo‘yi kutgandim. Nihoyat bu kun keldi. Bu bizning ozodligimiz kunidir!», deya marsh ishtirokchilaridan biri so‘zlarini keltirgan agentlik.

Foto: Reuters
Foto: Twitter
Foto: Reuters
Foto: Twitter
Foto: Reuters

15 noyabr kuni Zimbabve harbiylari tanklar bilan poytaxtga kirishdi va prezident Mugabeni uy qamog‘iga tashlashdi. Shu bilan birga harbiylar bu hech qanaqasiga davlat to‘ntarishi emasligini aytishdi.

Keyinroq hukumatdagi «Zimbabve Afrika milliy ittifoqi - Vatanparvarlar fronti» Mugabe prezidentlikdan ketishi kerakligi haqidagi bayonot bilan chiqdi.

Mavzuga oid