Jahon | 15:40 / 20.11.2017
13492
1 daqiqa o‘qiladi

Mugabe qo‘yilgan talablarga rozilik berdi

Foto: Reuters

Zimbabve prezidenti Robert Mugabe o‘zining iste'fosiga aloqador talablarga rozilik berdi hamda tegishli hujjatni imzoladi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali muzokaralarda ishtirok etayotgan manbaga tayangan holda.

Manbaning xabar berishicha, harbiylar ham Mugabening talablarini qabul qilishgan. Ular orasida o‘zi va rafiqasi Greysning daxlsizligi hamda mol-mulkini saqlab qolish bor.

Ta'kidlanishicha, prezidentning rasmiy impichmenti uchun hujjatni parlament spikeriga yuborish lozim bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mugabega talab qo‘yilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid