Qirg‘iz-o‘zbek chegarasining Ungartepa qismi hali delimitatsiya qilinmagan - Qirg‘iziston DChX
Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Keneshi deputati Umbetali Qodiraliyev («Respublika – Ata-Jurt») Ungartepa tog‘oldi yerlari qirg‘iz-o‘zbek davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiyadan o‘tkazish jarayoniga kirgan hududlar ro‘yxatida ekani yoki unga kirmagani bilan qiziqqan. U bu haqda 21 noyabr kuni Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha Qo‘mita yig‘ilishida savol bergan.
Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati raisining o‘rinbosari Qubatbek Jeenboyevning ta'kidlashicha, bu masala bo‘yicha hukumatning maxsus komissiyasi shug‘ullanmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, qolgan uchastkalar bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, tog‘ning delimitatsiyasi bilan bog‘liq masala hali hal etilmagan.
Avvalroq qirg‘iz-o‘zbek chegarasining 85 foizi muvofiqlashtirib olingani, yana 15 foizi qolgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024