Koreya O‘zbekistonda zamonaviy issiqxona majmualarini qurib berishi mumkin
«O‘zbekoziqovqatxolding» XKning boshqaruv raisi T.Jalilov boshchiligidagi delegatsiyasi Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston tashqi savdo vaziri E.G‘aniyev bilan birgalikda «K&G Plus» kompaniyasi raisi, «Sang Yeob Bae» kompaniyasi direktori, «Shinwoo21» kompaniyasi prezidenti bilan O‘zbekiston hududlarida issiqxona komplekslarini tashkil etish masalasi bo‘yicha muzokara bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasida biznes yuritish imkoniyatlari va istiqbollari haqida batafsil ma'lumot berildi. Muzokaralar yakunida koreyalik sheriklarga O‘zbekiston hududida Koreya texnologiyalaridan foydalangan holda zamonaviy issiqxona komplekslarini ishlab chiqishni tashkil etish taklif qilindi.
Bundan tashqari, «ERAE» kompaniyasi raisi va «KOTRA» tashkilotining savdo maslahatchisi bilan O‘zbekiston hududlarida logistika markazlari hamda issiqxona majmualarini tashkil etish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi. Koreyalik sheriklarga umumiy miqdori 120 mln. dollar bo‘lgan aniq investitsiyaviy takliflar berildi. 21 noyabr kuni muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi va ularning yakuniga ko‘ra kelishuv imzolanishi kutilmoqda.