Toshkentda dam olish kunlari qor yog‘ishi mumkin
25-26 noyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab haroratning pasayishi va yomg‘ir hamda qor yog‘ishi kutilmoqda. Bundan respublika Gidrometeorologiya markazi ma'lumotlari darak bermoqda.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 23-24 noyabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 25-26 noyabr kunlari yomg‘ir, 26 noyabr kuni alohida tumanlarda qor yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib 7-12 m/s.da esadi, 25-26 noyabr kunlari ba'zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayishi mumkin. 23 noyabr kechqurun havo harorati 2-7, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi; 24 noyabr kechqurun 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq, 25-26 noyabr kunlari kechqurun 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo o‘zgarib turadi, 23 noyabr kuni yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 24 noyabr kuni alohida tumanlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 25 noyabr kuni yomg‘ir, alohida tumanlarda qor yog‘ishi mumkin. 26 noyabr kuni alohida tumanlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin (yomg‘ir, qor). Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib 7-12 m/s.da esadi, 25-26 noyabr kunlari ba'zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayishi mumkin. 23 noyabr kechqurun havo harorati 2-7, kunduzi 13-18, 24-26 noyabr kunlari 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 23 noyabr kuni yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 24 noyabr kuni alohida tumanlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 25 noyabr kuni yomg‘ir, alohida tumanlarda qor yog‘ishi mumkin. 26 noyabr kuni yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin (yomg‘ir, qor). Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib 7-12 m/s.da esadi, 25-26 noyabr kunlari ba'zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayishi mumkin. 23 noyabr kechqurun havo harorati 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq, 24-26 noyabr kunlari 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 23-24 noyabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 25-26 noyabr kunlari yomg‘ir, 26 noyabr kuni alohida tumanlarda qor yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib 7-12 m/s.da esadi, 25-26 noyabr kunlari ba'zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayishi mumkin. 23 noyabr kechqurun havo harorati 2-7, kunduzi 15-20 daraja iliq, 24 noyabr kuni kechqurun 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq, 25-26 noyabr kunlari kechqurun 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 23-24 noyabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 25-26 noyabr kunlari yomg‘ir. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib 7-12 m/s.da esadi, 25-26 noyabr kunlari ba'zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechqurun 5-10, 23-25 noyabr kunlari kunduzi 17-22 daraja iliq, 26 noyabr kuni 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 23-25 noyabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 26 noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib 7-12 m/s.da esadi, 26 noyabr kuni ba'zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechqurun 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 23-24 noyabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 25-26 noyabr kunlari ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor). Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib 7-12 m/s.da esadi, 25-26 noyabr kunlari ba'zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayishi mumkin. 23-24 noyabr kunlari harorat kechqurun 0-5, kunduzi 9-14 daraja iliq, 25-26 noyabr kunlari kechqurun 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.