Bilich, Matstsari va Bert van Maarveyk - O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish uchun 9 nomzod
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy jalb etish bo‘yicha bir necha xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib bormoqda, deb yozmoqda O‘FF rasmiy sayti.
Manba bergan xabarga ko‘ra, ular qatorida murabbiylik faoliyati davomida Rossiya, Polsha, Xitoy va BAA chempionatlarida faoliyat olib borgan 49 yoshli ruminiyalik Dan Petresku nomi birinchi o‘rinda.
Fransiya, Serbiya, Ukraina, Rossiya chempionatida harakat qiluvchi ko‘plab klublarda ishlagan 64 yoshli serbiyalik Slavolyub Muslin kabi mutaxassis ham terma jamoa bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri.
Shuningdek, Toshkentning «Paxtakor» hamda Moskvaning «Dinamo» kabi klublaridagi faoliyati orqali o‘zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan 50 yoshli chernogoriyalik mutaxassis Miodrag Radulovich ham nomzodlar qatorida.
Federatsiya yana quyidagi murabbiylar terma jamoa murabbiyligi uchun nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda va ular bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Anjyelio Alessio – Italiya, 52 yosh. «Napoli», «Yuventus», «Chelsi» klublari va Italiya terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan.
Bernd Shtork – Germaniya, 54 yosh. «Shtutgart», «Volfsburg», «Borussiya» Dortmund klublari, shuningdek, Qozog‘iston, Vengriya terma jamoalarini boshqargan.
Branko Ivankovich – Xorvatiya, 64 yosh. Eron milliy terma jamoasi, shuningdek, «Al-Ittifoq», «Al-Vahda», «Persepolis» klublarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
Slaven Bilich – Xorvatiya, 49 yosh. Xorvatiya terma jamoasi bilan 2010 yilgi JCh ishtirokchisi, «Vest Hem» klubi sobiq murabbiyi.
Valter Matstsari – Italiya, 56 yosh. «Napoli», «Inter», «Uotford» kabi klublarni boshqargan.
Bert van Maarveyk – Niderlandiya, 65 yosh. «Feyyenoord», «Borussiya» Dortmund, «Hamburg» klublari va Niderlandiya, Saudiya Arabistoni kabi terma jamoalarda faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
17:05 / 15.11.2024
«166 daqiqa». Katanetsning eng katta xatosi haqida
23:32 / 14.11.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston 90+12-daqiqada gol o‘tkazib, Qatarda mag‘lubiyatga uchradi
17:51 / 14.11.2024
Osiyo kubogidagi alamli mag‘lubiyat uchun revansh olinadimi? Qatar – O‘zbekiston o‘yini oldidan
11:16 / 14.11.2024