Kennedi arxivi: SSSRga qarshi urush boshlash uchun soxta samolyotdan foydalanish rejalashtirilgan
AQSh prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq yana 10 mingga yaqin hujjat e'lon qilingani haqida xabar qilingan edi. Uni tahlil qilish chog‘ida ma'lum bo‘lishicha, o‘sha vaqtlarda Amerika yuqori doiralarida SSSRga urush ochish uchun soxta hujum uyushtirish rejalashtirilgan.
Oktyabr oyida oshkor qilingan minglab hujjatlardan birida 1962 yil 22 martida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish haqida yozilgan. Majlisda o‘sha vaqtdagi prezident Kennedining ukasi, AQSh bosh prokurori Robert Kennedi Qo‘shma Shtatlar Sovet ittifoqining harbiy samolyotlarini xarid qilishi yoki uning nusxalarini ishlab chiqishi zarur, degan fikrni bildirgan. Majlisda MiG-17, MiG-19 va Il-14 samolyotlari muhokama qilingan.
Amerikaning 6 dona, uzoqdan MiG-17 samolyotiga o‘xshash samolyotlarni ishlab chiqarish 3,5 mln. dollarga baholangan. MiG-19 nusxasi 26-44 mln. dollar bo‘lishi hujjatda qayd etilgan. Amerika yasagan bu kabi samolyotlarni mutaxassis bo‘lmagan kishi adashtirishi va Sobiq ittifoqqa tegishli ekanini aytishi ta'kidlangan. Aynan o‘xshash samolyotlarni ishlab chiqish imkonsiz ekani aytilgan bo‘lsa, Il-14 samolyotini ishlab chiqish “favqulodda murakkab va vaqtni ko‘p talab qiladi”, deya ta'riflanadi.
Markaziy razvedka boshqarmasi esa, ucha olmaydigan original Sovet samolyotlarini qo‘lga kiritish yoki ularni Varshava shartnomasiga a'zo bo‘lmagan davlatlardan xarid qilishni taklif qilgan. Hujjatda, shuningdek, “sovet” samolyotlaridan foydalanishning 3 ta ssenariysi haqida so‘z boradi. Xususan, ularni dushman harbiylarini havoda chalg‘itish yoki dushman inshootlariga zarba berish, yo bo‘lmasa AQShning SSSRga hujum qilishiga asos sifatida sovet samolyotining Amerikaga hujumini uyushtirishda qo‘llash nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024