Video: Putin uchrashuv vaqtida Erdo‘g‘anni noqulay ahvolga soldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya va Eron prezidentlari bilan uchrashuv vaqtida Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘tirgan stulni yiqitib yubordi.
Bu holat tasvirlangan videoda Putin o‘rnidan turgani va Erdo‘g‘an bilan qo‘l siqishgani, ammo Rossiya prezidenti turkiyalik hamkasbi o‘rnidan turayotganda unga qulay bo‘lishi uchun stulni ortga surgani, ammo stul ag‘anab ketganini ko‘rish mumkin.
Bu voqea 22 noyabr kuni Sochida, Vladimir Putin, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Hasan Ruhoniy ishtirokida bo‘lib o‘tgan uch tomonlama muzokaralar yakunida ro‘y bergandi.
Shu zahotiyoq stul oldiga prezident yordamchilaridan biri yugurib kelib, uni ko‘tarib qo‘ygan va Erdo‘g‘anni xijolatpazlikdan qutqargan.
Mavzuga oid
23:02 / 25.09.2024
Putin: «Bizga oddiy qurol bilan hujum ham yadro zarbasiga asos bo‘ladi»
19:43 / 25.09.2024
Rossiyalik mulozimlar va The Washington Post tahlilchilari Kremlning yadroviy tahdidlari «endi hech kimni qo‘rqitmaydi» deyishmoqda
23:20 / 23.09.2024
Kreml Putinning yangi yadroviy raketalari sinovi muvaffaqiyatsiz kechganidan bexabar ekanini ma’lum qildi
10:50 / 21.09.2024