Shveytsariya Markaziy banki kriptovalyutaga izoh berdi: Bitcoin - investitsiya
Shveytsariya Markaziy banki kriptovalyutalarga rasmiy izoh berdi. Unga ko‘ra, kriptovalyuta – pul emas, balki investitsiya vositasidir. “Bitcoin kabi mahsulotlar, hozirda valyuta emas, balki katta ehtimol bilan investitsiya vositalari hisoblanadi”, – degan Shveytsariya milliy banki prezidenti Tomas Jordan.
“Markaziy banklar kriptovalyutalar masalasi bilan juda jiddiy shug‘ullanmoqda. Men ularni, valyutadan ko‘ra, investitsiya sifatida baholar edim”, — deya Jordanning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.
“Qayd etish o‘rinliki, gap texnologiyalar haqida borayotgani yo‘q, balki kimlar markaziy bank pullariga qanday shaklda egaligi haqida bormoqda. Hamon hal etilmagan ko‘plab savollar mavjud”, — degan u. Jordanning aytishicha, kriptovalyutalar moliyaviy tizimga juda kuchli ta'sir etishi mumkin, shunga binoan markaziy banklar bu muammoni jiddiy kuzatishlari maqsadga muvofiq.
Mavzuga oid
13:38 / 03.11.2024
Dollar indeksida tebranuvchanlik, Bitcoin narxi qimmatlashdi - xalqaro moliya bozori sharhi
18:15 / 28.10.2024
O‘zbekistonning Shveytsariyadagi yangi tayinlangan elchisi ish boshladi
18:03 / 14.10.2024
Shveytsariyada rekord darajada kuchli lazer yaratildi: u nimaga kerak?
14:50 / 25.09.2024