Jahon | 18:40 / 24.11.2017
6459
1 daqiqa o‘qiladi

Zimbabveda prezidentlik saylovlari qachon o‘tkazilishi aytildi

Foto: AP

Zimbabve yangi prezidenti Emmerson Mnangagvaning ma'lum qilishicha, mamlakatda yangi davlat rahbari saylovlari kelasi yili bo‘lib o‘tadi.

"Tinchlik va totuvlik 2018 yilgi demokratik saylovlarga qadar hamda undan keyin ham bizning bir-birimizga bo‘lgan munosabatimizni ko‘rsatib berishi kerak. Sizlarga bugun shuni va'da qilamanki, saylovlar rejalashtirilgan muddatda bo‘lib o‘tadi", - deya ma'lum qildi Mnangagva.

Uning chiqishi Bi-bi-si telekanali tomonidan translyatsiya qilindi.

Ma'lumot uchun, Zimbabvening sobiq vitse-prezidenti Emmerson Mnangagva mamlakatni 2018 yil avgustida saylovlar o‘tkazilguncha boshqaradi. 

Mavzuga oid