Jahon | 10:03 / 27.11.2017
6451
2 daqiqa o‘qiladi

Hondurasda amaldagi prezident o‘zini saylovlarning g‘olibi deb e'lon qilib qo‘ya qoldi

Foto: AFP

Hondurasning amaldagi prezidenti Xuan Orlando Ernandes o‘zini yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan davlat rahbari lavozimi uchun saylovlarning g‘olibi deb e'lon qildi. U tegishli natijalar e'lon qilinishini kutib ham o‘tirmagan. 

Meksikaning Financiero portali xabariga ko‘ra, Ernandes ovozlarning 44 foizini olgan, uning asosiy raqibi, muxolif alyansdan nomzod – Salvador Nasrullo esa taxminan 35 foiz. Ovoz berishning yakunlari haqida rasmiy ma'lumotlar hozircha yo‘q.

Muxolifat Ernandesning g‘alabasiga shubha qilayotganini ma'lum qildi. Muxolif alyans ma'lumotiga ko‘ra, Nasrullo uchun saylovchilarning qariyb 45 foizi o‘z ovozi bergan bo‘lsa, amaldagi prezident uchun – atigi 34 foiz. Honduras prezidentligi uchun istalgan nomzodning g‘alaba qozonishiga ko‘pchilik ovozlarni olishi yetarli bo‘ladi.

Ernandesning birinchi mandati 2018 yilning yanvarida tugaydi. Avvalroq prezident umumiy saylovlarda Milliy partiyadan nomzod bo‘lishga rozi bo‘lgandi, bu konstitutsiya bir kishiga ketma-ket ikki marta o‘z nomzodini qo‘yishni taqiqlaganiga qaramay yuz bergan. 

Mavzuga oid