Ilon Mask bitkoinni o‘ylab topgani haqidagi savolga javob berdi
SpaceX va Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Maskning ma'lum qilishicha, u bitkoinni o‘ylab topgan inson emas. U bu haqda tvitterdagi sahifasida yozdi.
«Bu yolg‘on. Do‘stim bir necha yil muqaddam menga bir necha bitkoinni yuborgandi, biroq men ular hozir qayerda ekanini ham bilmayman», - deya javob bergan Mask bitkoinni yaratishga aloqadorligi bo‘yicha berilgan savolga.
Shuningdek, milliarder o‘zga sayyoralik ekani haqidagi eski nazariyani tasdiqlagan.
«Men avval ham aytganimdek, aniq marslikman», - deya yozdi Mask.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX’dagi sobiq amaliyotchi Saxil Gupta milliarder Ilon Mask Satoshi Nakamoto taxallusi ostida bitkoinni yaratgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:17 / 11.10.2024
Ilon Maskning taksi-robotlari sarmoyadorlarda taassurot qoldirmadi
22:34 / 10.10.2024
Ilon Mask Tesla tadbirida «kibertaksi»ni namoyish etadi
21:16 / 06.10.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, amerikaliklarni Marsga qo‘ndirishga va’da berdi
15:21 / 06.10.2024