Markaziy Osiyoda uyushgan jinoyatchilik darajasi qaysi davlatda eng baland ekani ma'lum bo‘ldi
Qirg‘iziston Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari orasida uyushgan jinoyatchilik darajasi bo‘yicha yetakchi sanaladi. Bundan Jahon iqtisodiy forumi mutaxassislari tomonidan tuzilgan reyting ma'lumotlari darak bermoqda. U REGNUM AA tomonidan keltirilgan.
Reytingga ko‘ra, Qirg‘iziston 137 o‘rin ichida 102-pog‘onani band etgan.
Tojikiston va Qozog‘istondagi vaziyat bir muncha yaxshi – bu davlatlar ro‘yxatning o‘rtasidan joy olgan bo‘lib, mos ravishda 61- va 63-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston va Turkmaniston bo‘yicha reytingda ma'lumotlar yo‘q.
Sobiq SSSR respublikalari orasida uyushgan jinoyatchilikning eng past ko‘rsatkichi Estoniyada qayd etilgan, uni reyting mualliflari 10-o‘ringa joylashtirishdi. Keyingi pog‘onalardan Latviya – 33-o‘rin, Litva – 34, Gruziya – 38, Ozarboyjon – 43, Armaniston – 62, Rossiya – 86 va Moldova – 94-o‘rinda bormoqda.
Sobiq SSSR hududidagi uyushgan jinoyatchilik darajasi eng yuqori mamlakat sifatida Ukraina tan olindi, u reytingning 113-pog‘onasidan joy oldi.
Jahon iqtisodiy forumi tahlilchilarining bildirishicha, Finlyandiya, Ummon, Islandiya va Singapurda bu borada eng yaxshi natija qayd etilgan.
Uyushgan jinoyatchilik darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar ro‘yxatidan esa Salvador, Honduras, Venesuela, Meksika va Gvatemala joy oldi.
Mavzuga oid
22:22 / 16.11.2024
Xitoyda imtihondan o‘ta olmagan talaba ommaviy qirg‘in uyushtirdi
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
17:25 / 11.11.2024