Qirg‘izistonning yangi prezidenti Rossiyaga keldi
Qirg‘izistonning yangi prezidenti Sooronbay Jeenbekov 29 noyabr kuni Rossiya tomoni taklifiga ko‘ra Rossiya Federatsiyasiga o‘zining ilk xorijiy tashrifi bilan keldi. Bu haqda qirg‘iz davlati prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Sooronbay Jeenbekov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Tomonlar Qirg‘iziston-Rossiya ikki tomonlama hamkorligini yanada rivojlantirish, shuningdek, Yevroosiyo makonida integratsion birlashmalar doirasidagi o‘zaro aloqalarni muhokama qiladi.
S.Jeenbekov amaliy tashrif doirasida Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev bilan ham uchrashadi.
Keyinchalik S.Jeenbekov Belarusga amaliy tashrif bilan borib, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining Kollektiv xavfsizlik kengashi navbatdagi sessiyasida ishtirok etadi.
Mavzuga oid
23:19 / 03.10.2024
NATO a’zolari Rossiyaga zarba berish taqiqini olib tashlashni muhokama qiladi
21:06 / 03.10.2024
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Vuhledar shahri egallanganini e’lon qildi
20:39 / 03.10.2024
Sadir Japarov Qirg‘izistonda yashovchi milliarderlardan yordam so‘radi
18:25 / 03.10.2024