Video: Hindistonda eshaklar “qamoqqa olindi”
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bir to‘da eshak 4 kunga “qamoqqa olindi”. Ta'kidlanishicha, bunga eshaklarning qamoqxona binosi oldida ekilgan qimmat o‘simliklarni yeb qo‘yishi sabab bo‘lgan. Eshaklar mahalliy siyosatchilardan biri vaziyatga aralashgach, 4 kundan keyin “ozod qilingan”.
“Biz eshaklar egasi bilan vaziyat haqida gaplashganimizga qaramay, u eshaklariga bu hududda o‘tlashga ruxsat bergan. Shunda biz noodatiy yo‘l tutib, eshaklarni “qo‘lga olishga” qaror qildik”, deb aytdi qamoqxona boshlig‘i.
NDTV telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, eshaklar mahalliy siyosatchi garov puli to‘lagandan keyin chiqarib yuborilgan.
Shunga o‘xshash voqea 2008 yilda Meksikada yuz bergandi. O‘shanda eshak insonga tan jarohatlari yetkazish aybi bilan “qamoqqa olingandi”.
Mavzuga oid
23:11 / 27.09.2024
Hindistonda 50 dan ortiq dori-darmonlar sifatida muammo aniqlandi
15:07 / 27.09.2024
Festival fojiaga aylandi: Hindistonda 46 kishi cho‘kib ketdi, ularning aksariyati bolalar
22:19 / 24.09.2024
AQSh Hindistonga qariyb 300 ta tarixiy buyumlarini qaytaradi
21:42 / 23.09.2024