«Mahoratni yo‘qotib bo‘lmaydi». Bu iborani haydovchilarga nisbatan qo‘llash qanchalik to‘g‘ri?
Ijtimoiy tarmoqlar tomonidan o‘zining haydovchilik professionalligini tasdiqlashni xohlamaslik bo‘yicha tez-tez aytiladigan «Mahoratni yo‘qotib bo‘lmaydi» iborasi qoidabuzarliklar statistikasi tomonidan qattiq rad etiladi. O‘tgan 10 oy mobaynida 8 mingga yaqin yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 031 kishi halok bo‘ldi, 7 b22 kishi tan jarohati oldi.
15 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan va jinoyatchilikka qarshi kurashga bag‘ishlangan videoselektorda O‘zbekiston prezidenti ham yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qabul qilinayotgan choralar bugungi kun talablariga muvofiq emasligini ta'kidladi.
Yo‘l-transport hodisalarning asosiy sababi bizning fuqarolar tomonidan yo‘l harakatining oddiy qoidalariga rioya etish madaniyati bilan jiddiy muammolarning bor bo‘lib qolayotganida. Va yo‘l harakati xavfsizligini oshirish maqsadida, hukumat tomonidan 2017 yil 4 sentabr kuni «Innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 693-son qaror qabul qilindi, u yerda 2018 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqaruvchi shaxslar malakasini oshirish lozimligi haqida so‘z yuritiladi. Ushbu qarorga muvofiq, yuqorida qayd etilgan shaxslar tomonidan «Avtotest» o‘quv majmualari negizida har 2 yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tish tartibi o‘rnatildi.
Malaka oshirish kursi yo‘l harakati madaniyatini oshirish va haydovchini yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishning asosiy va juda muhim bilimlari bilan tanishtirishga mo‘ljallangan.
Mashg‘ulotlar 6 kun davomida 2 soatu 40 daqiqadan o‘tkaziladi. 4 ta smena tinglovchilar uchun qulay vaqtni tanlashga yordam beradi: birinchi smena ertalabki soat 8:00da boshlanadi, oxirgisi kechki 8:30da. Guruhlar soni 30 kishigacha. Kursning narxi eng kam ish haqining 2 barobari. Kurs haydovchilarga, ularning mavjud ish tajribasidan qat'i nazar mo‘ljallangan. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
«Avtotest Report» mutaxassislari hozirda yoqilg‘i samaradorligi va avtomobillardan foydalanish masalalari bo‘yicha dasturlar ham ishlab chiqmoqda. Kurs davomida haydovchi avtomobilning bort tizimlari va haydash usullarini to‘g‘ri hamda samarali qo‘llashga o‘rganadi, ular yo‘lning har bir kilometrida, istalgan yo‘l sharoitida yoqilg‘i tejalishini ta'minlash imkonini beradi.
Benzin sarfini kamaytirish va kompaniyaning boshqa xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlari haqida olingan bilimlar haydovchilarning ko‘nikmalarini oshirish samaradorligini ko‘paytiradi.
Haydovchilik mahorati - doimiy ravishda takomillashtirilishi kerak bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalar majmui bo‘lib, favqulodda holatlarda odam avariya holatini oldini olish uchun to‘g‘ri hamda muvofiqlashtirilgan harakatlarni bajarishga yordam beradi. Haddan tashqari o‘ziga ishonch esa hushyorlikning yo‘qolishi va e'tiborni kamayishiga olib keladi.
Bu muammo faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun dolzarb emas. Yevropada haydovchilar uchun malaka oshirish kurslari 2006 yildan beri faoliyat ko‘rsatmoqda. Rossiya transport vaziri o‘z buyrug‘i bilan haydovchilarga malaka talablarini qo‘ydi. Hozirgi kunda Rossiya hukumati oldida haydovchilarni majburiy qayta tayyorlash va malakasini oshirish to‘g‘risidagi masalani qonunchilik nuqtai nazaridan mustahkamlab qo‘yish turibdi. «Biz oshirigacha ta'lim olmagan professionallar va mahorati yuqori havaskorlarga egamiz. Va buni o‘zgartirish kerak», - deya aytib o‘tdi Rossiya transport vaziri o‘rinbosari Nikolay Asaul avtomobil transporti vakillari muvofiqlashtiruv kengashi yig‘ilishida.
Shu ma'noda O‘zbekistondagi yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan navbatdagi islohotlar respublika xalqaro tendensiyalarga mos bo‘lgan yo‘ldan ketayotganini isbotlaydi.
Vaqt o‘z shartlarini belgilaydi va ulardan bittasini aksioma sifatida qabul qilish mumkin: «Har bir kasbda malakani oshirish kerak». Ayniqsa, bu kasb inson xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lsa.
Mavzuga oid
07:30 / 05.11.2024
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11:30 / 01.11.2024
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchilar o‘zaro janjallashdi
12:14 / 11.10.2024
“Yana nechta bola yo‘llarda o‘lishi kerak?” – ko‘paygan avariyalar haqida katta suhbat
13:45 / 09.10.2024