Chechenistonlik kishi 10 yil ichakda unutib qoldirilgan zond bilan yashagani ma'lum bo‘ldi
Chechenistonlik shifokorlar ularga yordam so‘rab murojaat qilgan erkakning ichagidan 10 yil avval ukrainalik jarrohlar tomonidan unutib qoldirilgan zondni topishdi. "VladTaym" shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Chechenistonning 60 yoshli fuqarosi Aslanbek shifokorlarga ichakdagi og‘riqlardan shikoyat qilgan. Shu bois uni rentgenga yo‘llashgan. Olingan natija nafaqaxo‘rning ichagida kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan jism borligini ko‘rsatgan. Operatsiya vaqtida shifokorlar ichakdan 3 metrli zondni olishgan.
Ma'lum bo‘lishicha, 10 yil ilgari Xarkovda bemorning ichak sohasi operatsiya qilingan. O‘shanda shifokorlar bemor organizmida zondni unutib qoldirishgan. Hozir Aslanbek o‘zini yaxshi his qilmoqda, u ukrainalik jarrohlar bilan sudlashmoqchi emas.
Mavzuga oid
21:22 / 19.09.2024
Checheniston sobiq bosh vaziri maktablarda Darvin nazariyasini taqiqlashni talab qildi
15:43 / 12.09.2024
Hindistonda soxta «shifokor» YouTube’dagi videolarga qarab o‘smirni operatsiya qildi. Bola vafot etdi
16:54 / 02.09.2024
«Siz va bolalaringiz mamlakatga nega keraksizlar?» - Apti Alaudinov qanday qilib Kreml ovoziga aylandi
13:30 / 22.08.2024