1 dekabrdan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar oshdi
O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan 2017 yil 1 dekabridan boshlab respublikada eng kam oylik ish haqi miqdori 15 foizga oshirildi. Bu esa, albatta, eng kam oylik ish haqiga bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi jarimalar miqdorining oshishiga sabab bo‘ldi. Jumladan Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ham O‘zR Ma'muriy kodeksga muvofiq yangi qiymatda belgilanadi.
1. Xavfsizlik kamari, mototsikl haydovchilarining maxsus bosh kiyimni kiymasligi (125-m) – 34 448 so‘m
2. Aptechka, maxsus yoritqich qaytargichli nimcha, olovo‘chirgich bo‘lmasligi (125-2) – 86 120 so‘m
3. Nosozliklar (125-3) – 172 240 so‘m
4. Davlat raqamisiz (125-5) – 861 200 so‘m
5. Soxta davlat raqami (125-6) – 1 722 400 so‘m
6. Yuk tashish qoidasini buzish, buksirlash qoidasini buzish (125-1-1) – 861 200 so‘m
7. Gabaritli yuk (125-1-2) – 1 722 400 – 2 583 600 so‘m
8. Oynalarni qoraytirish (126-1) – 172 240 so‘m, bir yilda qayta sodir etilsa (126-2) – 344 480 so‘m
9. Tovushli ishora berish (127-1) – 172 240 so‘m
10.Tovushli va yorituvchi uskunalarni o‘rnatish (127-2) – 172 240 – 861 200 so‘m
11. Piyoda yo‘laklarida harakatlanish (128-1) – 86 120 so‘m
Yil mobaynida takroran sodir etilsa (128-2) – 172 240 so‘m
Yil mobaynida uchinchi marta (128-3) – 516 720 so‘m
Yil mobaynida 4 va undan ko‘p marta (128-4) – 688 960 so‘m
12.Telefondan foydalanish (128-1-1) – 344 480 so‘m
Yil davomida takrorlansa (128-1-2) – 516 720 so‘m
13.Monitor o‘rnatish (128-2-1) – 344 480 so‘m
14.Tezlikni oshirish: 5-20 km/s (128-3-1) – 172 240 so‘m
Yil mobaynida takrorlansa (128-3-2) – 861 200 so‘m
Yil mobaynida uchinchi marta – 1 722 400 so‘m
15.Tezlikni oshirish: 20-40 km/s (128-3-2) – 861 200 so‘m
Yil mobaynida takrorlansa (128-3-3) – 1 722 400 so‘m
16.Tezlikni me'yordan 40 km/s tezlikdan ko‘pga oshirish (128-3-3) – 1 722 400 so‘m
17.Svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida harakatlanish (128-4-1) – 344 480 so‘m
Yil mobaynida takrorlansa – 861 200 so‘m
18.Qarama-qarshi yo‘lakda harakatlanish (128-5-2) – 1 722 400 so‘m
Yil mobaynida takrorlansa (128-5-3) – 3 444 800 so‘m
19.To‘xtash yoki to‘xtab turish taqiqlangan (128-6-1) – 516 720 so‘m
Yil davomida takrorlansa (128-6-2) – 861 200 so‘m
Yilda uchinchi marta (128-6-3) – 1 722 400 so‘m
Yilda to‘rtinchi marta (128-6-3) – 2 583 600 so‘m
20.Temir yo‘l chorrahasini kesib o‘tish qoidasini buzish (130-1) – 516 720 so‘m
Yil mobaynida takrorlansa (130-2) – 861 200 so‘m
21. Avtomobil boshqaruvini mast haydovchiga berish (131-3) – 2 583 600 so‘m
22. Avtomobilni hujjatlarsiz boshqarish (135-1) – 86 120 so‘m
23. Sug‘urta muddati o‘tib ketgan bo‘lsa (135-1-1) – 172 240 so‘m
24. YHQ buzilishini yashirish (137) – 5 167 200 so‘m
25. Avtomobildan tana qismini chiqarish (qo‘ldan tashqari) (138-4) – 172 240 so‘m
26. Avtomobilni mast holatda yoki haydovchilik guvohnomasisiz boshqarish (140) – 2 583 600 so‘m
27. Piyodalar tomonidan yo‘l qoidalarining buzilishi (st.138) – 57 355 so‘m
Quyidagi moddalar avtomobilni jarima maydoniga olib borilishiga sabab bo‘ladi.
1. Transport vositalarini qalbaki yoki o‘zgartirilgan davlat raqami bilan boshqarish (125-5)
2. Qoraytirilgan oynali transport vositasini boshqarish (125-6)
3. Haydovchilik guvohnomasi bilan mast holda transport vositasini boshqarish (131-2)
4. Haydovchilik guvohnomasiz mast holda transport vositasini boshqarish (131-2)
5. Transport vositasi boshqaruvini mast holatdagi haydovchiga berish (131-3)
6. Kerakli hujjatlarsiz transport vositasini boshqarish (135-2)
7. Haydash huquqidan mahrum bo‘lgach, transport vositasini boshqarish (135-3)
8. Mastlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortish (135-3)
Mavzuga oid
13:42 / 06.04.2023
O‘zbekistonning barcha shaharlarida tezlik 60 km/soatgacha cheklandi
15:30 / 27.05.2019
Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar to‘lash muddati uzaytirildi
18:50 / 12.11.2018
Quvvat beruvchi ichimliklarni sotish - nazoratda, o‘simliklar karantinini buzganlik uchun jarimalar oshiriladi
10:27 / 30.03.2018